8−20 avgust kunlari O‘zbekistondagi radiatsion vaziyat o‘zgarmadi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu kunlarda, O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududi Turkmaniston orqali kirib kelgan Kaspiy dengizining janubi va Eron osmonidan shakllangan janubi-g‘arbiy havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.

Mamlakat bo‘ylab ekspozitsion gamma-nurlanish dozalarining oylik o‘rtacha quvvati soatiga 0,16 mikrozivertni tashkil etib, 0,08 mkzv/s dan 0,24 mkzv/s gachani atrofida tebranib turdi. Ekspozitsion dozaning eng xavfsiz chegarasi 0,30 mkvz/s ni tashkil etadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan davrda respublika bo‘ylab gamma-nurlanishning ekspozitsion dozasi o‘rtacha 0,15 mkzv/s, Toshkentda eng yuqori ko‘rsatkich 0,16 mkzv/s ni tashkil etdi.

8 avgust kuni Rossiyaning Arxangelsk viloyati Severodvinskiy shahri yaqinidagi harbiy poligonda reaktiv suyuq dvigatel qurilmasi sinovi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida «Rosatom"ning besh nafar xodimi vafot etdi.