O‘zbekistondagi tijorat banklari 20 avgustdan boshlab ayirboshlash shaxobchalari orqali milliy valyutaga xorijiy valyutani sota boshladi. Markaziy bankning xabar berishicha, bu «valyuta bozorini liberallashtirishni amalga tatbiq qilish» doirasi qilinmoqda.

Oxirgi kunlarda banlararo valyuta bozoridagi savdolarda ayirboshlash kursi oshgani kuzatildi. 20 avgust kuni birja savdolarida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 9384 so‘m (+323 so‘m)ni tashkil etdi.

Banklar seshanba kunidan boshlab dollar xarid qilish kursini 9350 so‘mga, sotish kursini esa 9450 so‘mga ko‘tardilar.