19 avgust kuni 15:37 da Buxoro viloyati Jondor tumanida A-380 yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Tojikiston fuqarosi A. A. ga tegishli avtomobil Moskvadan Dushanbega harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Mikroavtobus g‘ildirak yorilishi natijasida ag‘darilib ketgan. Natijada to‘qqiz yo‘lovchi jarohattlangan.

«Uch kishi shifoxonaga yotqizildi. Qolgan olti kishini shifoxonaga yotqizishga hojat bo‘lmadi. Ularga hodisa joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Boshqa yo‘lovchilar Gazlidagi mehmonxonaga joylashtirildi», — deya xabar qildi matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mikroavtobus yo‘lovchilari mehnat muhojirlari bo‘lib, Rossiyadan Tojikistonga O‘zbekiston orqali qaytayotgan bo‘lgan.