Bugun MOQda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib ўтди. Konferensiyada kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala assotsiatsiyaning amaldagi raisi Ulug‘bek Mirhaydarovning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish va uning o‘rniga yangi rahbar saylash bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida dastlab U.Mirhaydarov arizasi ko‘rib chiqildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan uning iste’fosini qabul qilishdi.

Shundan so‘ng MOQ vitse-prezidenti Aziz Komilov so‘zga chiqib, assotsiatsiya rahbarligi uchun shu paytgacha O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Maxsudovich Toshxo‘jayev nomzodini ilgari surdi va yig‘ilganlarga nomzod haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida barcha bir ovozdan yangi nomzodni ma’qulladi va Muxtorxon Toshxo‘jayev O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rahbar etib saylandi.

«Avvalo, menga bildirilgan ishonch uchun hammaga rahmat. Oldimizda Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlaridek mas’uliyatli musobaqa turibdi. Rioda qayd etilgan natija tasodif emasligini isbotlash uchun barchamiz birgalikda harakat qilamiz. Jamoaning hamjihatligisiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, barchamiz bir jamoa bo‘lib, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni ado etamiz», — dedi Muxtorxon Toshxo‘jayev.