To‘raqo‘rg‘on tumanining Qatag‘on qishlog‘ida, tungi soat ikkilar atrofida o‘zining «MAN» avtomashinasida borayotib boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi A.X. katta yo‘l yoqasida yashovchi Holmamat Qambarovning turarjoy binosiga kirib ketadi. Bu haqda «Xalq so‘zi» Online xabar berdi.

Voqea yuz bergan vaqtda xonadon egalari qarindoshinikida mehmonda bo‘lganligi sababli hech kimga shikast yetmadi.

Hushyorlikni yo‘qotgan haydovchiga H. Qambarovning jiddiygina shikast yetgan uyini tiklab berishiga to‘g‘ri keldi.