O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi 2019−2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi, deya xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.