«G‘ijduvon» EIZni kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 670, 671-son qarorlarida aks ettirilgan. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Hukumat «G‘ijduvon» EIZ hududini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifga rozilik bildirdi. Unga Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh turgan yer uchastkalari kiritiladi. Qo‘shiladigan yerlar va ishtirokchilarning ishlab chiqarish maydonlari tashqi yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanadi.

2 oy muddatda «G‘ijduvon» EIZ hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar. Tadbirkorlik sub’ektlari muntazam ravishda takliflar haqida xabardor qilinadi. Shuningdek, ularga EIZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashadilar.

«G‘ijduvon» EIZ direksiyasiga Kogon shahar hokimligi ma’muriy binosidan zarur inventarlar bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.