Prezidentning «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra mustaqillik bayramida necha kun dam olinishi belgilangan. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra:

haftasiga 5 kun ishlaydiganlar — 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun);

haftasiga 6 kun ishlaydiganlar — 1−2 sentyabr kunlari (2 kun) dam oladi.

Xususan:

31 avgust (shanba) — kalendar bo‘yicha dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni);

1 sentyabr (yakshanba) — ishlanmaydigan bayram kuni;

2 sentyabr (dushanba) — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;

3 sentyabr (seshanba) — 7 sentyabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni (6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni).