O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 avgust kuni tibbiy yordam davlat byudjeti hisobidan ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqladi. Buyruq Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinib, kuchga kirdi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ro‘yxat 6 toifa va 131 guruhdagi kasalliklardan tarkib topgan:

  • 18 yoshgacha bolalar kasalliklari — mukovissidoz, atopik dermatit, bolalar serebral paralichining turli shakllari;
  • patologiyali xomilador ayollar xastaliklari — homila tushishi, glaukoma, kollagenoz, sil va boshqalar;
  • endokrin tizimi kasalliklari — gipertireoz, homilador ayollarda 1-tur kandli diabet (24 haftagacha) va boshqalar;
  • dermatovenerolok xastaliklari — psoriaz, vitiligo, kriptokokkoz va boshqalar;
  • ftiziatriya va pulmonologiya — kavernali sil, fibroz kavernali sil, bronxoektatik kasallik va boshqalar;
  • saraton kasalliklari — melanoma, periferik nerv xavfli o‘smalari va boshqalar.

Bepul tibbiy yordam olish uchun bemorlar tibbiyot muassasasi yo‘llanmasini olishlari kerak.