Guliston shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, «Madraxim Qosimov» MCHJga qarashli «Bookcafe"da axborot markazlari Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi turistlar tashrif buyuradigan mashhur ob’ektlar, sayyohlik marshrutlarida va har bir hududnin gmarkaziy qismlarida turistik axborot markazlarini (infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Mazkur infokiosklar turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali shaharga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Guliston shahrining turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar beg‘araz tarqatilishi yo‘lga qo‘yildi.