Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich iste’foga chiqarildi. Shuningdek klubni Xatskevichning murabbiylar shtabi ham tark etdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Belaruslik mutaxassisning murabbiylar shtabida o‘zbekistonlik Maksim Shatskix, shuningdek, Oleg Lujniy va Mixail Mixailov bor edi. Ushbu shtab 2017 yilning 2 iyun kunidan buyon «Dinamo"da ishlayotgandi.

Bugun Kiyev klubi rasmiy sayti Aleksey Mixaylichenko bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berdi.