O‘zbekistonlik harbiy alpinistlar Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisini zabt etdi, O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari 5−15 avgust kunlari Hindistonning Radjastxan shtatidagi Jaysalmer poligonida o‘tkazilgan «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

«Elburs halqasi» xalqaro musobaqasida beshta davlatning harbiy xizmatchilari o‘tamurakkab tog‘ sharoitida va chidab bo‘lmas bosim ostida harakatlandi. Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisiga amalga oshirilgan marsh esahaqiqiy harbiy alpinistlar nimaga qodir ekanligini ko‘rsatib berdi.

Musobaqa ishtirokchilari quyi harorat va cheklangan harakat kabi murakkab tog‘ sharoitida, o‘nlab maxsus vazifalarni bajardilar.

Bellashuv avvalida ishtirokchilar ikki kun Elbrusni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha piyoda zabt etish bilan shug‘ullandi: Terskol cho‘qqisi (2462 m.) — Azau yalangligi (2356 m.) — Priyut-11 (4200 m.) — Elbrusning g‘arbiy cho‘qqisi (5642 m.). 20 kilometrga yaqin marsh davomida balandlikning umumiy o‘zgarishi 2,2 kilometrga teng, relefi — o‘rta murakkab.

Maxsus vazifalarni bajarish chog‘ida harbiy xizmatchilar «Azau — Priyut-11» yo‘nalishi bo‘yicha qurol-aslaha yordamida marsh yurishni amalga oshirdi.

Ta’kidlash kerakki, «Elbrus halqasi — 2019» xalqaro tanlovining final bosqichida O‘zbekiston jamoasi birinchi bo‘lib Elbrusni zabt etdi. Buning uchun jamoamizga 4 daqiqayu 25 soniya kerak bo‘ldi.

Musobaqada Rossiya, Hindiston, Marokash, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rossiya birinchi o‘ringa (12 848 ball) munosib ko‘rilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin O‘zbekiston (12041 ball) jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan Qozog‘iston harbiy xizmatchilari joy oldi (11 672 ball).

Shuningdek, O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari 5−15 avgust kunlari Hindistonning Radjastxan shtatidagi Jaysalmer poligonida o‘tkazilgan «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» tanlovida hamikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bellashuv davomida Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Sudan va O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari o‘zaro kuchsinashdi.

Yakuniy natijalar:

1-o‘rin — Hindiston razvedkachilari guruhi;

2-o‘rin — O‘zbekiston razvedkachilari guruhi;

3-o‘rin — Rossiya razvedkachilari guruhi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘tkazilgan «Qo‘shin razvedkasi a’lochilari» tanlovida O‘zbekiston faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.