2019 yil 15 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018 yil sentyabr oyida Chilonzor tumanining Katta Chilonzor 5-tor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli A.V. Chilonzor ko‘chasida 42 yoshli O.J.ga Xitoy Xalq Respublikasidan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishlikni va’da qilib, undan 68000 AQSH dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.