2019 yil 13 avgust kuni soat 04:00 larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Yangiariq» MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining «Lasetti» rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi «Xonimqo‘rg‘on» QFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» yo‘lida haydab ketayotib shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi «KamAZ-5410» rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. «Lasetti"dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.