O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi. Ular juma, 16 avgustdan kuchga kiradi.

AQSH dollari 179 so‘mga qimmatlashib, 9061 so‘mni, yevro esa 163,84 so‘mga qimmatlab 10092,14 so‘mga yetgan bo‘lsa, Rossiya rubli 2,09 so‘mga oshib, 138,47 so‘mni tashkil etdi.

Iyulning ikkinchi yarmidan buyon dollar kursining keskin oshishi kuzatilmoqda. Markaziy bank ikkinchi haftadirki ketma-ket ikki martadan valyutalar kursini yangilamoqda (avvallari kurslar faqat seshanba kunlari yangilanar edi).

Yaqinda Markaziy bank so‘mning dollarga nisbatan kursining keskin tushishini O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar milliy valyutasining kuchsizlangani hamda importchi kompaniyalar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning oshgani bilan izohladi.