15 avgustdan Toshkent jamoat transporti — metro va avtobuslarda yo‘l haqi 1200 so‘mdan 1400 so‘mga oshiriladi. Bunda oylik yo‘l chiptalari narxi o‘zgarmaydi, deya xabar qildi Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan O‘zbekistonda yoqilg‘i narxi ham qimmatlashadi. Ai-80 avtobenzinining chakana narxi 4500 so‘m, dizel yoqilg‘isi — 5400 so‘m, EKO dizel yoqilg‘isi — 5700 so‘mga oshadi.

Bundan tashqari, xuddi shu sanadan tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek elektr energiyasi tariflari ham oshiriladi. Yoqilg‘i-energetika narx va tariflarining o‘zgarishi Vazirlar Mahkamasining 30 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan.

Shahar jamoat transportida yo‘l haqi oxirgi marta 2016 yilning aprelida oshirilgan edi.