O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi yarim yil yakunlari bo‘yicha 14 mln dollarga kamayib, 1 avgust kuni kuni 27,7 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston Markaziy banki bu boradagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 12,28 mlrd dollar (bir oy ichida +820 mln dollar), monetar oltin — 15,08 mlrd dollarni (-830 mln dollar) tashkil etdi.