Yevropa Ittifoqi «Jasliq» koloniyasining yopilishini olqishlab, buni qamoqxonalarda boshqaruvni yaxshilash sari tashlangan qadam deb atadi.

«YeI penitensiar tizimda BMTning qiynoq va jazoning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni toptovchi turlariga qarshi Konvensiyasi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish asosida penitensiar tizimdagi islohotlarni amalga oshirishini hamda ombudsmanning eng yaxshi xalqaro tajribalarga muvofiq ravishda Milliy preventiv mexanizmi funksiyasini bajarish bo‘yicha vakolatlarining kengaytirilishini kutmoqda», — deyiladi Yevroittifoq bayonotida.

Chet ellik va ichki iqtisodiy operatorlarning amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi hamda ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligi qonun ustuvorligi va inson huquqlariga rioya etilishi sohasidagi doimiy o‘sishga bog‘liq, deya qayd etdi YeI.

«YeI kelgusida munosabatlarimizni yangi darajaga ko‘taruvchi bunday hodisalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», — deya ta’kidlanadi bayonotda.