O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Afg‘onistonda mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov seshanba kuni.

OIIB prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi bank delegatsiyasi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘yicha mamlakat hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

«Bizning Afg‘oniston bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarga diqqatli ekanimizni hisobga olgan holda birgalikda mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga kelishdik… Ularga Afg‘onistondagi loyihalar kerak», — dedi vazir OIIB delegatsiyasi tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes-brifing yakunlari bo‘yicha. Vazir transport infratuzilmalari va energetika sohalaridagi yirik loyihalar haqida ekanini ta’kidladi.

Szin Litsyun biznes-brifing chog‘ida OIIB O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo chegaralaridan tashqarida hamkorlikni boshlashni «sabrsizlik bilan kutayotgani"ni qayd etib o‘tdi. Uning bahosicha, O‘zbekistonning ishtiroki bankning mintaqadagi faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalroq mamlakatimiz hukumati va OIIB Buxoro viloyatida suv ta’minoti, oqava suv va avtomobil yo‘llarini qurish sohalarida umumiy qiymati 600 mln dollardan ziyod bo‘lgan loyihalar majmuini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolagani xabar qilingan edi.