Vazirlar Mahkamasining 10-avgustdagi farmoyishiga asosan 15−30-avgust kunlari mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shuningdek, farmoyish bilan 17−18-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi.