Toshkentdagi «Universal» sport saroyida o‘tkazilayotan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida Zafarbek Karimov -41 kilogramm vazn toifasida final jangida g‘alaba qozondi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Eronlik Amirhusayn Noruziga qarshi bahs olib borgan jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bellashuv 31:11 hisobida yakunlandi.

Bu terma jamoaning mazkur musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi medalidir. Birinchi kungi bellashuvlar mobaynida Muhammadamin Aliyev (-33 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.