O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

podpolkovnik Xudoyberganov Ulug‘bek Baxrom o‘g‘li Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Mirzayev Boboraxim Egamberdiyevich Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Mustafoqulov O‘ktam Yodgorovich Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Abdullayev Oybek Turgunovich Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Djurayev Ravshanjon Mexmonkuziyevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Jo‘rayev Ulug‘bek To‘rabekovich Toshkent viloyati Bekobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Gaziyev Dilshod Turayevich Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Aliasqarov Azizbek Aliasqarovich Toshkent viloyati Ohangaron tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Ganibekov Otabek Ganibekovich Toshkent viloyati Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Atanazarov Muzaffar Shamurotovich Toshkent shahar Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.