O‘zbekiston Jahon resurslari instituti (World Resource Institute) tomonidan e’lon qilingan suv stressidan aziyat chekayotgan davlat reytingidan 164 mamlakat orasida 25-o‘rinni egalladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston suv taqchilligi eng yuqori bo‘lgan 27 davlat guruhidan o‘rin oldi. Ular orasida — Afg‘oniston (reytingda 27-o‘rin), Turkiya (32), Qirg‘iziston (38), Portugaliya (41) va Italiya (44) ham bor.

Markaziy Osiyodan Tojikiston va Qozog‘iston mos ravishda 51 va 60-o‘rinlarni band etdi. Turkmaniston esa reytingning 15-pog‘onasini egallagan holda Markaziy Osiyodagi eng kam suvga ega davlati bo‘ldi.

Qatar (1-o‘rin), Isroil (2), Livan (3), eron (4) va Iordaniya (5) suv taqchilligi o‘ta yuqori bo‘lgan davlatlar beshligiga kiritildi.