Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «O‘zbekiston» mehmonxona kompleksini sotish bo‘yicha oshkora tanlov savdolariga taklif etadi. Bu haqda O‘zA agentlikning matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

«Otel Oʻzbekiston» MCHJ qo‘shma korxonasi ustav kapitalidagi davlat ulushi yer va unda joylashgan infratuzilma ob’ektlari hamda «O‘zbekiston» mehmonxona kompleksi binosidan 99 yil davomida foydalanish (tasarruf etish huquqisiz) huquqi shaklida shakllantirilgan.

Mazkur ob’ekt davlat ulushining boshlang‘ich narxi 10 foizga pasaytirilib, 29,7 mln. AQSH dollari etib belgilandi.

Investitsiya majburiyatlariga ko‘ra, majmuani sotib olgan investorga ikki yil ichida 100 milliard so‘m miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi ya’ni mehmonxona xizmati ko‘rsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlashi va boshqaruvga eng ilg‘or menejerlarni jalb qilishi talab etiladi.

Toshkent shahrining qoq yuragida joylashgan ushbu ko‘rkam majmuaning umumiy yer maydoni 17.482 m2 ni tashkil etadi. Bino 17 qavatdan iborat bo‘lib, jami 315 ta xonasi mavjud. Ular 83 ta bir kishilik (standart), 60 ta 1 kishilik (yaxshilangan), 59 ta yarim lyuks standartdagi (ikkita yotoqli), 105 ta ikki kishiga mo‘ljallangan (twin) hamda 7 ta lyuks shuningdek 1 ta (grandlyuks) xonalaridir.

Mehmonxona majmuasida 2 ta 330 kv.m kenglikdagi anjumanlar zali hamda 2 ta 2 020 kv.m kenglikdagi 550 o‘ringa mo‘ljallangan banket zallari mavjud. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida minibar, restoran, savdo va valyuta ayirboshlash shoxobchalari, sport xonasi, sauna, basseyn, avtoturargoh, bepul internet xizmatlari tunu kun faoliyat ko‘rsatadi.

Mehmonxona majmuasi metroning yonginasida joylashgan bo‘lib, xalqaro aeroportgacha 10 kilometr, Shimoliy vokzalgacha 7 kilometr. masofadir.

Mazkur majmua 2017 yilda 7 milliard 100 million so‘m, 2018 yilda 6 milliard 300 million so‘m sof daromad ko‘rgan.

Tanlov savdolarida ishtirok etish uchun talabgor mazkur davlat ulushi boshlang‘ich narxining kamida 15 foizi miqdoridagi mablag‘larini pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi hisob raqamiga zakalatga qo‘yishi shart:

Chet el valyutasida pul o‘tkazish uchun, valyuta hisob raqami: 21 508 840 000 600 289 002, korrespondent bank: CITIBANK N.A., New York, SWIFT: CITIUS 33, USA, Acc.: 36115651, benefitsiar bank: Central Bank of Uzbekistan, SWIFT: CBUZUZ22;

Milliy valyutada pul o‘tkazish uchun, bank kodi: 00014, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi, qabul qiluvchining hisob raqami: 23402000300100001010, to‘lov topshirig‘ining «To‘lov rekvizitlari» qismida ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirayotganda, shuningdek pul o‘tkazmasi uchun asos ko‘rsatilgan holda quyidagilar taqdim etiladi: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun, hisob raqami 200410860262660000000000001, STIR 201 122 696, daromad kodi bo‘yicha 3 512 113″.

Tanlov takliflari solingan konvertning birinchi nusxalari ochilishi 2019 yil 30 avgust soat 15:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosi (106-xona)da bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartlari haqida to‘liq ma’lumot olish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaxassislariga murojaat qiling. Manzil Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 6.

Tel: (+99871) 259−22−02, 259−20−70, 259−22−56, 259−20−91.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz, elektron pochta: info@davaktiv.uz, privatization@davakativ.uz