O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga ko‘ra, Sanayev Javlon Ismatovich Samarqand tumaniga, Turumov Alisher Erkinovich Jomboy tumaniga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Ushbu tumanlar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining joriy yil 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi ortidan boshqa sektorlar rahbarlari qatorida vazifasidan ozod etilgandi.