9 avgust kuni, soat 08:55 larda, Toshkent metropolitenning «Kosmonavtlar» stantsiyasining ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘ldi. Bu esa kolodkaning o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga olib keldi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Hodisa natijasida tutun tarqalib, stansiyada yongandagi kabi hid qayd etildi. Nosozlik besh daqiqada bartaraf etildi.

Mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir etmadi.