Bir qator hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi farmoyishiga binoan bojxona xizmati podpolkovnigi Hojimatov Olimjon Hamidjanovich Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi farmoyishiga binoan bojxona xizmati polkovnigi Fayzullayev Xayrullo Narzullayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi lavozimiga tayinlandi.