8 avgust kuni 7:30 da Toshkentning Yunusobod tumanida Bog‘ishamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Hyundai avtomobilining 34 yoshli haydovchisi Shoxruh T. svetoforning taqiqlangan chirog‘ida harakatlanib kelib, Cobalt va Spark avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Cobalt yo‘lovchilari 40 yoshli Shukurullo va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek, 10 yoshli Hyundai yo‘lovchisi I. Sh. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli bola vafot etdi.