26-avgustdan UzAuto Motors zavodlarida har yillik rejali profilaktika ishlarini o‘tkazish boshlanadi, deya xabar qildi kompaniya. Avtomobillarni ishlab chiqarish 23-sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Profilaktika ishlari avval imzolangan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir ko‘rsatmaydi. Barcha shartnomalar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajariladi, deyiladi xabarda.

Bir oy davomida asosiy va yordamchi texnologik uskunalar, qurilmalar, kommunal xzjalik, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilib, modernizatsiya qilinadi va texnik xizmat ko‘rsatiladi, shuningdek rejali ta’mir ishlari olib boriladi.