«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng Misrning Nile Air loukosteri uchun slot ajratishga rozi bo‘ldi.

MQKQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Nile air loukosteri vakili Sharm-al-shayx — Toshkent — Sharm-al-shayxyo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni bajarish uchunzarur bo‘lgan slotni olishgako‘maklashish to‘g‘risida murojaat qilgan (slot — bu ma’lum bir vaqt yoki sanada samolyotni uchib kelishi yoki uchib ketishi uchun aeroportda ajratiladigan vaqt). Murojaatni o‘rganish mobaynida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yichaparvozlar bilan Misrning yagona aviakompaniyasi — Al Masria shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, Nile air ham Misr tomonidan ushbu yo‘nalishdagi belgilangan aviatashuvchi bo‘lsa-da, «O‘zbekiston xavo yo‘llari» tomonidan uning Sharm-al-shayx — Toshkent — Sharm-al-shayx yo‘nalishi bo‘yicha havoda qatnovlarni amalga oshirish uchun erkin slotlarni berish to‘g‘risidagi murojaatlari ijobiy hal etilmagan.

30 iyul kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashabbusi bilan Transport vazirligida «O‘zbekiston xavo yo‘llari» vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda, havoda tashish xizmatlari bozorida sog‘lom raqobatni yanada rivojlantirish maqsadida Sharm-al-shayx — Toshkent — Sharm-al-shayx yo‘nalishi bo‘yicha Nile air loukosteriga tegishli slotni ajratish to‘g‘risidagi masala muhokama qilingan.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Nile air loukosteriga havoda tashishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan slotlarni kelishib berdi va parvozlar joriy yilning 21 avgustidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirildi.