O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov tomonidan Singapurning yetakchi biznes vakili Fillip Tanga O‘zbekistonning MICE-turizm elchisi sertifikati bilan taqdirladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish ko‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Marosim Singapurning eng nufuzli biznes vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston madaniyat kechasi davomida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek tadbirda, O‘zbekistonning yetakchi dizaynerlari tomonidan bo‘lib o‘tgan namoyish va fotoko‘rgazma, hamda Begim parfyum brendi va Visit Uzbekistan jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Fillip Tan, Singapurdagi taniqli moliyachi va ijtimoiy arbob , bir necha yirik biznes asoschisi, turizm va moliyaviy kompaniyalar rahbari, jumladan «Citystate Capital Asia» moliyaviy direktori, Pegasus Travel Management va Kinetica asoschisi va rahbari hisoblanadi.

Citystate Group, shtab-kvartirasi Singapurda bo‘lgan Avstraliya, Xitoy, Gonkong, Xindiston Indonezii, Filippip orollari, Malayziya, Tayland va Vetnam da ish olib boruvchi eng katta xalqaro kompaniyalardan biri. Asosiy yo‘nalishlardan tashqari ushbu tashkilotlar sug‘urta, moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq, ta’lim va maishiy hizmat sohalari buyicha faoliyat yuritadi. Jumladan, kopmaniya biznes-turizm, infrastuktura va restoran biznesi sohalari bo‘yicha yirik tashkilot deya tan olingan.

Fillip Tan tomonidan asos solingan Pegasus Travel Management, dunyoning yetakchi biznesmenlari bilan salohiyatli mamlakatlarga biznes-tashriflar uyushtirish, yuqori darajada turlar va boshqa malakatlarda konfernsiyalar, retrit va VIP-tashriflar tashkillash bo‘yicha ixtisoslashgan.

«O‘zbekiston hukumati va Turizmni rivojlantirish ko‘mitasi menga bildirgan bunday ishonchdan juda mamnunman — deydi marosimda Fillip Tan . — So‘nggi yillar ichida Singapurdan O‘zbekistonga tashrif bo‘yurgan sayyoxlar soni 60 foizga oshgan bo‘lsa, men bu hali boshlanishi deya aniq ayta olaman. Singapurning biznes vakillari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqdalar va men mamalakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, ayniqsa savdo-sotiq va investitsiyalar sohasida, juda katta salohiyat bilan rivojlanishiga ishonaman!»

Janob Tan Singapurdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, hozirgi kunda O‘zbekistonga yirik sarmoyador kompaniyalarini tashriflarini amalga oshirishni rejalashtirmokda.