Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) iyul oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.

Yangilangan reytingda o‘zbekistonlik sportchilar soni yana bittaga ko‘paydi.

Unga ko‘ra, birinchi yarimo‘rta vazn toifasida (-63,50 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rindan o‘rin oldi. Mazkur vazn toifasida shuningdek Shohjahon Ergashev bir pog‘ona yuqoriladi va 6-o‘ringa joylashdi.

Bundan tashqari yarimo‘rta vazn toifasidagi (-66,67 kg) o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov avvalgi oydagi kabi birinchi o‘rinni saqlab qolgan.