Toshkent viloyatining Bekobod tumanida uch nafar o‘smir o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan tugadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Bekobodda istiqomat qiluvchi 16 yoshli 9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi I. A. janjal vaqtida «Shova» mahallasida yashovchi 16 yoshli 40-maktabning 10-sinf o‘quvchisi D. T. va 15 yoshli 2-maktabning 10-sinf o‘quvchisi D. A.ni pichoqladi.

Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizildi, I. A. sa qo‘lga olindi. I. A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.