Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ta’magirlik yo‘li bilan pul olayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

«R.W.» xususiy bandlik agentligi xodimi N.S. fuqaro U.J.ning 4 nafar tanishlarini o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlardagi tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborish uchun imtihonlardan o‘tkazganligini vaj qilib, har bir fuqaro uchun 5.000 AQSH dollaridan, jami 20.000 AQSH dollari berishini talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.