Yaqin kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘ylab juda yuqori havo harorati saqlanib qoladi. Kunduzgi soatlarda harorat +40…+43 daraja, janubiy hududlarda esa +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Hafta oxiriga borib jazirama issiq bir oz tushadi, havo harorati +33…+38 darajagacha pasayadi.

«Joriy yilda eng issiq harorat qayd etildi, ko‘plab hududlar, jumladan Toshkentda O‘zbekistondagi meteorolik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyul bo‘ldi. 11 iyuldan boshlab havo harorati o‘rtacha me’yordan 5−7 daraja, ayrim joylarda esa yanada balandroq bo‘ldi, — deya qayd etdi O‘zgidromet. — Jazirama issiqning tushishi qisqa muddat davom etib, katta farq sezilmadi».

Ko‘plab viloyatlarda 10−17 kun davomida havoning eng yuqori darajasi +40 darajani tashkil etgan bo‘lsa, janub va cho‘l hududlarida 20−25 kun davomida harorat ko‘p yillik o‘rtacha darajadan yuqori bo‘ldi.