O‘zbekistonning «Sodiq do‘st» jamoasi Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning Dog biatlon (individual poyga) sharti bo‘yicha bellashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaniy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

3200 metrli masofada joylashgan to‘siqlarda o‘zbekistonlik kinologlar o‘z mahoratini namoyish etdi. Xususan, katta leytenant Shodiyor Shomurodov o‘z xizmat iti bilan barcha to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi shart bo‘yicha to‘siqlardan 13 daqiqa-yu 3 soniyada marraga yetib kelib, rekord o‘rnatdi.

Shunday qilib, Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Aljir xalq demokratik respublikasi, Rossiya Federatsiyasining ayollar va DOSAAF jamoalari ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi bosqichida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinda ketmoqda.

Hali oldinda Himoya xizmati (shartli qoidabuzarni ushlash), 300 metrli to‘siqli yo‘lakdan o‘tish, qurollardan nishonni mo‘ljalga olish shartlari turibdi.