Ruminiyaning Puteshti shahrida o‘tkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta medal sohibiga aylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha 200 metr masofada kanoening juftlik yo‘nalishida g‘alaba qozongan vakillarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova bugun 500 metr masofaga o‘tkazilgan poygada kumush medalni qo‘lga kiritdi. Batafsil:

Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCH.

Ayollar, 500 metr.

1. Kseniya Kurax, Darya Xarshenko (Rossiya) — 2:05.266

2. Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (O‘zbekiston) — (+0.778)

3. Sofiya Kisban, Giada Bragato (Vengriya) — (+1.940)

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatini 2 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan yakunladi. Bu esa 23 yoshgacha bo‘lgan toifada umumiy hisobda beshinchi natija demakdir.