O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11- avgust, yakshanba kuni nishonlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shanba kuni bu haqdagi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11- avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2019- yil 11- avgust kunlari mamlakatda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Qarorda qo‘shimcha dam olish kunlari ko‘zda tutilmagan.

Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.