«Surxon» jamoasi safiga kelib qo‘shilgan ukrainalik legioner Mikola Agapov hujjatlar bilan bog‘liq muammoni hal qila olmaganligi sababli futbolchi bilan do‘stona xayrlashildi. Bu haqda Championat.asia xabar berdi.

Transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qolganda «Surxon» rahbariyati shu kunning o‘zida jamoa ko‘rigida bo‘lib turgan Duglas Do Nasimento Trugilo va Lukas Oliveyra De Kunya bilan shartnoma imzoladi.

Lukas kecha jamoa bilan Termizga parvoz qildi va kechki mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Duglas ayni paytda Ukraina davlatida bo‘lib turibdi. Viza bilan bog‘liq muammo hal etilsa, u ham kubok bahsida «Lokomotiv» jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.