Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi 2 avgust kuni Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayevga nisbatan 13 yil muddatga ozodlik mahrum etish jazosini tayinladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning sud tizimidagi axborot manbasi. Sud mahkamasi yopiq tartibda bo‘lib o‘tdi.

Sobiq hokim O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 206 (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 210 (pora olish) a 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash belgilandi.

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev 10 yil muddatga, qurilish bo‘yicha sobiq mutaxassis Bahodir Xodjaqulov esa 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Viloyat hokimligining yana ikki sobiq mutaxassisi — Botir Abdullayev va To‘lqin Sulaymonov 5 va 6 yil muddatga qamoq jazosizga loyiq deb topildi. Sulaymonovning jazosi shartli muddat bilan almashtirildi.

Jinoyat ishi materiallarida Turobjon Jo‘rayev Samarqandning tarixiy markazida ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun pudratchilardan pora shaklida 2,14 mln dollar olgani xabar qilingan.

Axborot manbasining qayd etishicha, tezkor turuh poraxo‘rlik bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha amaliyot o‘tkazmagan. Ushbu faktlar guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatmalariga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, «Gazeta.uz» o‘tgan yilning iyunida Samarqandning YUNESKO muhofazasiga olingan tarixiy qismida noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotgani haqida ёзгaнedi. Oradan bir oy o‘tib Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev, uning o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, shuningdek qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xodjaqulov ishdan bo‘shatilib, qurilishga ruxsat berishda pora olganlikda gumon qilinib hibsga olingan edi. Ish 2018 yil dekabrida sudga o‘tkazildi.