O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 3 — 17 avgust kunlari Rossiyaning Omsk shahrida o‘tkaziladigan «REMBAT» — «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni» musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

Harbiylar V «Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019» doirasida o‘tkaziladigan mazkur tanlov oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik «REMBAT"chilar shaxsiy tarkibi musobaqa yo‘nalishlari hamda harbiy texnikalarni sinovdan o‘tkazdi.

«Ushbu mashg‘ulotlar jarayonida vakillarimiz hududga va harbiy texnikalarga to‘liq moslashdi, — deydi podpolkovnik Ismoil Navro‘zov. — Eng muhimi, yigitlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi mustahkam. G‘alabaga erishish uchun ozmuncha ter to‘kmadik. Nasib qilsa, yurtimizga g‘alaba bilan qaytamiz».

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa uch yildan beri o‘tkaziladi; jamoamiz esa unda ilk bor qatnashmoqda.

Foto