Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy norma hajmini belgilash bo‘yicha takliflarni tayyorlashda oilada yashovchi odamlar soni, shuningdek turar joy maydoni hisobga olinadi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbsari, «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov payshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasi avvalroq 1 yanvarda Toshkentning Yunusobod tumanida boshlangan elektr energiyasi uchun bazaviy normani belgilash bo‘yicha tajriba yakunlarini ijobiy deb qabul qildi. Hujjatda energetika, moliya, iqtisodiyot va sanoat vazirliklari hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’molining bazaviy normalarini qo‘llash mexanizmlari va miqdorlari to‘g‘risidagi takliflarni kiritish topshirildi. Bunda bir oyda 250 kVt·soatdan ortiq (Yunusobod tumanida — 300 kVt·soat edi) elektr energiyasini iste’mol qiladigan maishiy abonentlar uchun belgilangan tarifga 1,5 baravardan ortiq (tajribada — 1,2 baravar) bo‘lmagan oshiriluvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi nazarda tutiladi.

«Biz takliflarni ishlab chiqishda sizning ham takliflaringizni qabul qilamiz: oila a’zolari soni, maydon hajmi — bularning barchasi hisobga olinadi», — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

U nima uchun Yunusoboddagi tajriba muvaffaqiyatli deb tan olinganiga izoh berdi. Vaholanki uning natijalari faqatgina yarim yillik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan edi. «Biz iste’molning eng yuqori nuqtalari — qishki va yozgi davrni oldik. Yozda hatto qishdagidan ko‘p iste’mol qilinadi».

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarida 300 kV/s miqdoridagi bazaviy norma o‘rtacha hisoblangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ijtimoiy norma tizmi rivojlantirilishini qo‘shimcha qildi. U Moliya vazirligi tizimni rivojlantirish rejasi e’lon qilinishiga va’da berdi.