Abdirasul Eshtemirovich Safarov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 31 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga tasdiqlandi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Abdirasul Safarov (1965 y. t.) Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Tumanning sobiq rahbari hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayev buldozer bilan do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bo‘lgan binoni buzishga harakat qilganida tadbirkor tomonidan yoqib yuborilganidan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi. Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.