31 iyul kuni 11:09 da Buyuk ipak yo‘li 14A manzilida joylashgan Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati.

Armatura ishlab chiqarish sexida transformator nimstansiyasi va uning moyi yonishi natijasida 250 kv. m maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Jangovar o‘t o‘chirish guruhlari hodisa joyiga 11:14 da yetib keldi, alangani o‘chirishda 10 dona o‘t o‘chirish texnikasi ishtirok etdi.

Yong‘in 11:53 da qurshab olinib, 12:24 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘inga, dastlabki taxminlarga ko‘ra, ishlab chiqarishda texnologik jarayon buzilishi natijasida elekr tarmog‘ida zo‘riqish vujudga kelgani sabab bo‘lgan. Ko‘rilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Yong‘in natijasida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar qayd eilmadi.