Yakshanba, 28 iyul kuni taxminan 12:35 da 43 yoshli Nozimaxon K. Toshkentning Bektemir tumanida joylashgan «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlashga harakat qildi, deya xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Ayolni tuman IIO FMB xodimlari qutqarib qoldi. Nozimaxonning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda u spirtli ichimliklar ichgani va o‘z hissiyotlariga to‘liq javob bera olmagan.

Ayol bilan psixologlar ishlamoqda.