Toshkent viloyatining shahar-tumanlarida yashovchi aholisini xorijga chiqish pasporti bilan ta’minlashda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida viloyatning qo‘yidagi shahar-tuman IIB MvaFRBlariga yana qo‘shimcha may va iyun oylarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 4 dona texnik qurilmalar ajratildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB MvaFRB xabar qildi.

Ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlangan:

Toshkent viloyati IIBB MvaFRBda

  • Zangiota tumani (194,3).
  • Toshkent tumani (177,0).
  • Qibray tumani (196,9).
  • O‘rtachirchiq tumani (146,1).
  • Nurafshon shahar (48,2).

Jami aholi soni: 762,5

Chirchiq shahar IIB MvaFRBda

  • Chirchiq shahar (155,5).
  • Bo‘stonliq tumani (166,8).
  • Yuqorichirchiq tumani (132,3).
  • Parkent tumani (151,2).

Jami aholi soni: 605,8

Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda

  • Yangiyo‘l shahar (59,6).
  • Yangiyo‘l tumani (205,7).
  • Chinoz tumani (130,9).
  • Quyichirchiq tumani (105,8).

Jami aholi soni: 502,0

Oxangaron tuman IIB MvaFRBda

  • Ohangaron tumani (93,9).
  • Ohangaron shahar (36,8).
  • Olmaliq shahar (128,7).
  • Angren shahar (185,4).
  • Piskent tumani (98,9).

Jami aholi soni: 543,7

Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda

  • Bo‘ka tumani (123,0).
  • Bekobod tumani (154,2).
  • Bekobod shahar (94,0).
  • Oqqurg‘on tumani (103,0).

Jami aholi soni: 474,2

Ushbu shahar-tuman aholisi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan IIB MvaFRBga xorijga chiqish pasportini olish uchun hujjat topshirishlari va tayyor pasportni olishlari mumkin.

Fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borish maqsadida o‘zbek va rus tilida kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga O‘zbekiston biometrik pasportidan foydalangan holda respublikadan chiqishlari mumkinligi hamda 5 ta xududga o‘rnatilgan texnik qo‘rilmaga rasmga tushish uchun qaysi shahar-tuman aholisi murojaat etishlari to‘g‘risidagi e’lonlar berib borilmoqda.

Xorijiy davlatlarga ketuvchi ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, xomilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarni navbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.