O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqandga tashrifi vaqtida shaharda yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Abduhakimov «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma’lum qildi.

Mazkur metro tarmog‘ining Samarqandni eshkak eshish kanalida tashkil etilayotgan yangi turistik markaz bilan bog‘lashi kutilmoqda.

«Samarqandliklarga qulaylik yaratish, ular xohlagan vaqtlarida eshkak eshish kanalidagi turistik majmuaga bora olishlari uchun rahbariyatga yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berildi. Aytish kerakki, ushbu tashabbus Samarqand aholisiga hech qanday noqulaylik yetkazmaydigan qilib ishlab chiqilgan», — dedi bosh vazir o‘rinbosari. Loyiha tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

Avval xabar qilinganidek, Samarqand tumanida turistik markaz qurilishi uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa ob’ektlar qurilishi mo‘ljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bo‘lib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sun’iy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi