Hafta davomida O‘zbekiston hududida quruq va issiq ob-havo hukmron bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Sinoptiklarning bashorat qilishicha, havo harorati kechasi +22…+27, kunduzi — +36…+41 daraja, janubda va cho‘l hududlarida esa 43 darajagacha bo‘ladi.

Hafta oxiriga borib havoning bir oz tushishi kutilmoqda. 2 avgust kuni shimoliy hududlarda, 3 va 4 avgustda esa butun mamlakat bo‘ylab Volgabo‘yidan kirib kelgan havo oqimlari havo haroratining bir oz tushishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning shimoliy hududlarida havo harorati kunduzi +30…+35 daraja, qolgan hududlarda — +34…+39 daraja bo‘ladi.