Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportida mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.