Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Bu haqda IIV Jamoatchilik vaommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.